16:00 / 25.05.2015
1867

Karlo Anchelotti tibbiy muolajaga muhtojligini aytdi

“Real” jamoasining bosh murabbiyi Karlo Anchelotti sog‘lig‘i tufayli bir yil muddatga futboldan chiqib ketishi mumkinligini aytdi.

“Men buni ilgari ham aytgandim, yana takrorlayman: bir yillik tanaffus olmoqchiman, va bunga arzirli sababim bor”, – dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
“Men orqa miya kanali siqilishi tufayli tibbiy muolajaga muhtojman. Bu tufayli qo‘llarim titraydi, titroq oyoqlarimga o‘tishini kutib o‘tirmaslik kerak. Shu bois men jarrohlik amaliyotini rejalashtirib bo‘lganman”, – qo‘shimcha qildi u.
Ta'kidlanishicha, amaliyot Vankuverda o‘tkaziladi.
Shuningdek, 55 yoshli mutaxassis faqatgina “Real” tomonidan ishdan bo‘shatilgan taqdirdagina jarrohlik stoliga yotishi ma'lum qilinmoqda.

Top