13:17 / 25.05.2015
2030

Marokashdagi dzyudo bo‘yicha musobaqa yakunlandi

Marokashning Rabot shahrida dzyudo bo‘yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi musobaqa o‘z yakuniga yetdi. 4 nafar dzyudochi bilan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medali va 1 ta beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, umumiy hisobda kuchli yigirmatalikdan joy oldi. 

Musobaqada dzyudo vatani vakillariga teng kelib bo‘lmadi. Yaponiyaliklar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan umumiy hisobda yetakchilik qilishdi. 2 ta oltin va 1 tadan kumush va bronza medallariga ega bo‘lgan ruslar ikkinchi va 2 ta oltin, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan mo‘g‘ilistonlik sportchilar kuchli uchlikni yakunlab berishdi. 

Top