16:06 / 25.05.2015
2853

Nazarboyev o‘yin biznesining mashhur vakili Stiven Uinn bilan uchrashdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Wynn Resorts kompaniyasi rahbari Stiven Uinni qabul qildi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmatiga tayangan holda Tengrinews.kz sayti xabar bermoqda.
Xabarnomada keltirilishicha, uchrashuv chog‘ida Qozog‘istonda mehmonxona biznesi va turizmni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, investitsion faoliyat doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.
Stiven Uinn o‘yin biznesi orqasidan shuhrat topgan magnat, Las-Vegasda faoliyat yuritadigan milliarderdir.

Top