12:32 / 25.05.2015
4177

Pokistonda prezidentning o‘g‘liga suiqasd uyushtirildi

Pokiston prezidenti Mamnuk Husaynning o‘g‘liga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda Dunya News nashri xabar bermoqda.
Xabarnomada aytilishicha, mototsiklga o‘rnatilgan portlovchi uskuna prezident o‘g‘lining korteji o‘tishi chog‘ida ishga tushirilgan.
Ta'kidlanishicha, portlash unga zarar yetkazmagan, ammo 3 nafar odam halok bo‘lgan va 15 nafari jarohatlangan.

Top