19:55 / 25.05.2015
3766

Rossiyaning Tula viloyatida o‘zbekistonlik fuqarolarni noqonuniy tarzda ishlatib piyoz yetishtirayotgan shaxs qo‘lga olindi

Rossiyaning Tula viloyati Kireyev tumanlararo prokuraturasi Tula viloyati bo‘yicha Rossiya Federal migratsiya xizmati boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda viloyat hududida muxojirlarning noqonuniy ishga joylashtirilishi holatini aniqladi.

“Kurakino qishlog‘ida joylashgan qishloq xo‘jaligida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatiga ruxsati bo‘lmagan holda dalada piyoz o‘tqazish bilan shug‘ullanishgani aniqlandi. Tekshiruv muxojirlarni mehnat faoliyatiga ularga ish haqi berishga kafolat bergan T. ismli fuqaro jalb qilgan”, deb aytilmoqda prokuratura matbuot xizmatida.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Kireyev tumanlararo prokuraturasi fuqaro T. ga nisbatan ma'muriy qoidabuzarlik bo‘yicha 6 ta ish qo‘zg‘atgan hamda ularni Tula viloyati Federal migratsiya xizmati boshqarmasi bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun yuborgan.

Top