16:22 / 25.05.2015
7046

Samsung va LG O‘zbekistonda eng mashhur smartfonlarining narxlarini tushirdi

Samsung va LG kompaniyalari O‘zbekistonda sotuvga chiqarilgan mashhur modeldagi smartfonlarning narxini tushirdi. Endilikda o‘zbekistonliklar Galaxy S5 va G3 smartfonlarini arzonroq narxda sotib olishi mumkin.

Aytilishicha, Galaxy S5 smartfoni G3’ga nisbatan 100 ming so‘m arzonroqqa sotilmoqda. Umuman olganda, smartfonning narxi 200 ming so‘mga tushirilgan. May oyining boshida uning narxi 1.9 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 24 may holatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1 748 000 so‘mga tenglashgan.

Ayni paytda, Galaxy S6 smartfonining narxi 2.9 mln so‘mligicha qolmoqda.
O‘z navbatida, LG kompaniyasi G3 smartfonlari narxini 2 mln so‘mdan 1 840 000 so‘mga tushirdi.
Bundan tashqari, ushbu smartfonlardan birinchi bo‘lib sotib olgan dastlabki 500 xaridorga 350 ming so‘m turadigan LG L60 smartfonlari sovg‘a qilinadi.

Mahalliy savdogarlarning ta'kidlashicha, oxirgi paytlarda Janubiy Koreyaning gigant korporatsiyalari bilan O‘zbekiston bozorida Xitoyning kichik, tanilib ulgurmagan kompaniyalari keskin raqobat olib bormoqda. Ular taklif qilayotgan uskunalarning texnik tavsiflari Janubiy Koreya mahsulotidan deyarli farq qilmasa-da, narxlari ancha arzon. Shu bois Samsung va LG xaridorlarni ushlab qolish uchun shu kabi turli aksiyalar o‘tkazib turishga majbur bo‘lmoqda.

Top