20:52 / 26.05.2015
2486

“Vest Xem” feyr-pley reytingi bo‘yicha Yevropa Ligasiga yo‘llanma oldi

Londonning “Vest Xem” futbol klubi keyingi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Angliyaga UYeFAning ushbu musobaqasida qo‘shimcha o‘rin berildi, chunki mamlakat feyr-pley reytingida yuqori o‘rinni egalladi.

“Vest Xem” o‘z navbatida mavsum yakunlariga ko‘ra Angliya feyr-pley reytingida birinchi o‘rinni egalladi va shu munosabat bilan ushbu huquqni qo‘lga kiritdi.

“Vest Xem” Angliya chempionatini 12-o‘rinda yakunladi.

Top