16:42 / 26.05.2015
5135

2035 yilda Qozog‘iston dunyoning eng rivojlangan 30 mamlakati qatoriga qo‘shilishi mumkin

2035 yilga kelib Qozog‘iston dunyoning eng rivojlangan 30 mamlakati qatoriga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda “Qozog‘iston sanoatni rivojlantirish instituti” aksiyadorlik jamiyati raisi Oydin Qulsaitovga tayangan holda Novosti-Kazaxstan agentligi ma'lum qildi.

“Hisob-kitoblarimizga qaraganda, agar sanoatlashtirish mafkurasi milliy mafkuraga aylansa, biz 2035 yilga kelib dunyoning eng rivojlangan 30 mamlakati qatoriga kira olamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Shu bilan birga, u mamlakatda amalga oshirilayotgan sanoat va innovatsion taraqqiyot dasturi darhol, qisqa muddat ichida natija berishini kutish xato bo‘ladi. Dastur besh yil ichida Qozog‘istonni Yaponiya yoki Germaniyaga tenglashtirib qo‘ymasligi alohida qayd qilib o‘tildi.

Top