12:34 / 26.05.2015
2528

Avstraliyalik amaldorlarga uggi va vetnamkalar kiyib yurish taqiqlandi

Avstraliyaning migratsiya ishlari bo‘yicha departamenti xodimlariga ish soatlarida uggi, vetnamka va kombinezon kiyib yurish taqiqlandi. Bu haqda The Daily Telegraph nashri xabar bermoqda.

Tashkilot mutasaddilarining fikricha, xodimlar erkin dress-kod tartibini suiiste'mol qilib, “professionallikning oddiy qoidalari”ga rioya qilmay qo‘ygan. Shu bois yangicha tartib o‘rnatishga to‘g‘ri kelgan. Jumladan, kombinezonlar “katta odamning garderobida bo‘lmasligi kerak” deb baholandi.

Top