11:19 / 26.05.2015
1302

Ermatov OChLning nimchorak finalidagi “Guanchjou” va “Seongnam” o‘yinini boshqaradi

Ravshan Ermatov Osiyo Chempionlar Ligasi 1/16 final bochqich javob uchrashuvi doirasidagi “Guanchjou Evegrand” (Xitoy) – “Seongnam” (J.Koreya) o‘yinini boshqaradi. Shu maqsadda u o‘z brigadasi bilan 25 may kuni Xitoyga yetib bordi.

Osiyoning besh karra eng yaxshi hakamiga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Bu ikki klubning o‘tgan hafta Koreyada o‘tkazilgan ilk o‘yinida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishgan edi.

Ravshan Ermatov va uning brigadasi 19 may kuni Dohada bo‘lib o‘tgan Qatar derbisi doirasidagi OChL 1/16 final bosqichi doirasidagi “Al Sadd” – “Lahviya” o‘yinini ham boshqargan edi.

Top