15:04 / 26.05.2015
1776

Manuel Noyyer Bundesligida “quruq” uchrashuvlar miqdori bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyyer myunxenliklarning sobiq sardori Olivera Kanning yutug‘ini ortda qoldirdi, deb xabar berilmoqda klubning rasmiy saytida.

Germaniya chempionatining so‘nggi turi doirasida “Bavariya” o‘z maydonida “Maynts”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, Noyyer 2014/15 yillardagi mavsumda 32 ta uchrashuv ztkazib, ulardan 20 tasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormay, uni daxlsiz qoldirdi.

Bu natija 29 yoshli darvozabonning 2001/02 yillardagi mavsumda 19 ta “quruq” o‘yin o‘tkazgan Oliver Kandan o‘tib ketishiga imkon berdi.

“Bavariya” klubi ham o‘z navbatida bu natija evaziga 22 ta “quruq” o‘yin o‘tkazib, bu borada yangi rekord o‘rnatdi.

Top