20:39 / 26.05.2015
2195

O‘zbekistonda vitaminlashtirish haftaligi doirasida 2,6 mln bola A vitamini qabul qiladi

25-30 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda YuNISEF hamkorligida "Sog‘lom bola haftaligi" o‘tkaziladi. Haftalik doirasida mamlakat bo‘ylab 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni vitaminlashtirish ishlari 24-marta amalga oshiriladi.

"Bu tadbirdan asosiy maqsad bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda va bolalarda immunitet tanqisligini kamaytirish hisoblanadi", deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Ma'lumot uchun, shu kungacha YuNISEF bilan hamkorlikda 23 marta bolalarni A vitamini bilan ta'minlash tadbirlari o‘tkazilgan. Shu vaqtgacha bunday tadbirlar 2,2 mln nafar bolani qamrab olgan bo‘lsa, bu safargi tadbir doirasida 2,6 mln nafar bola A vitamini qabul qilishi ko‘zda tutilgan.

1990-2000 yillar davomida shu vitamin yetishmasligi tufayli bolalar o‘limi ko‘p uchragan va keyingi yillarda YuNISEF bilan hamkorlikda vitaminlashtirish haftaliklari joriy qilinishi orqali vaziyat yaxshilab borildi.

Top