07:15 / 26.05.2015
1918

"Roma" keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi

"Rim derbisi"da «Roma» klubi "Latsio"ga qarshi safarda maydonga tushdi va g‘alabaga erishdi.

Rimliklar shu tariqa ikkinchi o‘rin uchun bo‘lgan kurashda g‘olib chiqishdi. Italiya chempionati yakuniga yetishiga bir tur qolganida "Roma"ning hisobidagi ochkolar soni 70taga yetdi. Uchinchi o‘rindagi "Latsio"da esa 66 ochko bor. 

Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatida "Yuventus" muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirgan.

Italiya chempionati, 37 tur
Latsio – Roma 1:2
Gollar:  0:1 – 73 Iturbe, 1:1 – 81 Djordjyevich, 1:2 – 85 Yanga-Mbiva. 
Latsio – Marketti, Basta, de Vrey, Xentiletti, Lulich (Kavanda, 55), Bigliya (Kataldi, 79), Parolo, Kandreva, Mauri (Djordjyevich, 76), Felipe Anderson, Kloze.
Roma – de Sanktis, Torosidis, Manolas, Yanga-Mbiva, Xolebas, Keyta (Pyanich, 68), de Rossi, Nainggolan, Florentsi, Totti (Ibarbo, 61), Iturbe (Dumbiya, 85).
Ogohlantirishlar:  Totti (9), Lulich (22), Xentiletti (32), Bigliya (35), Torosidis (51), Kloze (62), Iturbe (74), Florentsi (86).

Top