16:47 / 26.05.2015
3679

Xitoyda kuchli yog‘ingarchilik tufayli samolyot ichi namlikka to‘ldi

Xitoydagi aeroportlardan birida turgan samolyot saloni kuchli yog‘ingarchilik tufayli bug‘ga to‘lib qoldi.

Shenchjen Baoan xalqaro aeroportidagi samolyotlardan birida parvozni kutib o‘tirgan odamlardan biri bu hodisani suratga olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatdi.

“Samolyot derezasi ortida yomg‘ir sharros quyib yotibdi, salon saunaga aylanib qoldi. Aytishlaricha, salondagi quruqlik va namlik konditsioner tomonidan sirkulyatsiya qilinadi, shu bois samolyot ulkan namlik yutuvchiga aylanib qoldi”, – deb yozgan noma'lum yo‘lovchi Feysbukdagi sahifasida.

Top