15:07 / 26.05.2015
1772

«Yuventus» Xedira bilan shartnoma borasida kelishib oldi

Sami Xedira Madridning "Real" jamoasidan Turinning “Yuventus” jamoasiga o‘tishi deyarli aniq bo‘ldi.

Ma'lumotga ko‘ra, turinliklar germaniyalik futbolchining agenti bilan shartnoma borasida kelishib olishgan.

Xabar qilinishicha, “Yuventus”da Xedira yiliga 4,5-5 million yevro maosh oladi. Shartnoma muddati esa uch yoki to‘rt yilga mo‘ljallanadi. Tibbiy ko‘rik natijalari transfer amalga oshishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi ham ta'kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar paytida 28 yoshli futbolchi erkin agentga aylanadi. U joriy mavsum davomida "Real" safida barcha turnirlarni hisobga olganda 17ta o‘yinda maydonga tushdi.

Top