15:35 / 27.05.2015
2336

Apple brendi Google’ni ortda qoldirib, eng qimmat brend deb topildi

Millward Brown analitik kompaniyasi brendlarning bahosi qayd etilgan o‘ninchi BrandZ Top 100 reytingini e'lon qildi.

Bu yilgi ro‘yxatda peshqadamlikni Apple brendi qo‘lga kiritdi. U 246,992 mlrd dollarga baholandi. O‘tgan yil davomida kompaniya 67 foizga qimmatlashdi hamda o‘tgan yilgi yetakchi Google kompaniyasini ortda qoldirdi.

Joriy yil reytingga kiritilgan brendlarning umumiy narxi 3,3 trln dollarni tashkil etgan.

2005 yilda ilk bor tuzilgan reytingida eng yirik 100ta brendning narxi 1,4 trln dollarga teng bo‘lgan edi.

Brendlarning umumiy narxi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga qaraganda 14 foizga oshgan.

2008 yildan beri ilk bor 100talikka Rossiyaning birorta ham brendi kiritilmadi.

 

Top