06:59 / 27.05.2015
1955

Apple kompaniyasi kuniga 30 ming dona Watch soatini sotmoqda

Slice Intelligence kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunga kelib taxminan 2,5 mln dona Apple Watch soatlari sotilgan.

Bu vaziyatda ushbu gadjyetning qanday miqdorda sotilgani emas, balki unga bo‘lgan talab dinamikasi qiziqish uyg‘otadi. Birinchi kuni kompaniya ushbu gadjyetga 1,5 mln, ya'ni hozirda sotilgan soatlarning yarmichalik miqdorda buyurtma oldi. Bir kun o‘tib yangi gadjyetga qiziqish keskin tushib ketdi va hozirda unga kuniga o‘rtacha 30 ming dona buyurtma olinmoqda. Agar savdolar shunday darajada qolsa, Apple Watch ning yetkazib berish hajmi 11 milliondan oshmaydi.

Biroq bu hisob-kitoblarga ehtiyotkorlik bilan qarash kerak, chunki Slice Intelligence keltirgan 2,5 mln raqami AQShda chekli miqdordagi respondentlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaning natijalari asosida keltirilgan. Boz ustiga, agar Apple Watch erkin sotuvga chiqarilsa, bu ko‘rsatkichlar yanada oshishi aniq. Aytish joizki, hozirda buyurtma bo‘yicha sotilayotgan soatlar hamma davlatlarda ham savdoda mavjud emas.

Top