19:13 / 27.05.2015
3103

Berlin politsiyasi mahalliy masjid imomini tekshiruvdan o‘tkazmoqda

Berlin politsyasi mahalliy masjidlardan birining imomi Murat Atayevni tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, u “Meduza” onlayn nashriga bergan intervyusida IShID tarkibidagi rus tilli jangarilar haqida fikr bildirgan.
22 may kuni olib borilgan intervyuda Atayev IShIDning Germaniyadagi “axboriy agregatori” ekanligini, IShID haqida tarqatilayotgan axborotning noto‘g‘ri ekanligini, u o‘zi boshqarayotgan hududlarda shariat doirasida tinch hayotni ta'minlab berayotgani da'vo qilgan. Shuningdek, u yevropalik jurnalistlarning qatl qilinishini oqlagan.
Uning bu so‘zlari yuzasidan politsiya tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top