07:06 / 27.05.2015
2103

Boshqirdistonda O‘zbekiston savdo uyini ochish rejalashtirilmoqda

Boshqirdiston hukumati va tadbirkorlari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatmoqda.

Boshqirdistonlik vakillarining O‘zbekistonga uyushtirgan safari yakunlariga ko‘ra o‘zaro hamkorlikning bir necha yo‘nalishlari bo‘yicha aloqalar o‘rnatildi. Shuningdek, ikkala davlatda O‘zbekiston va Boshqirdiston mahsulotlari namoyish qilinadigan savdo uylari ochish rejalashtirilmoqda.

Boshqirdiston va O‘zbekiston turli sohalarda, xususan yengil sanoatda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirmoqda.
Ufalik tadbirkorlar va hukumat vakillari O‘zbekistondagi mavjud mahsulotlar tashqi eksporti texnologiyasi, o‘zbekistonlik hamkasblarining kichik biznes vakillari bilan ishlash usullari bilan tanishdilar, tajriba o‘rgandilar va tajriba ulashishdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston boshqirdistonlik tadbirkorlar bildirgan takliflarni o‘rganmoqda. 100dan ortiq mahsulotlar: neft va gaz olish bilan bog‘liq uskunalar va asboblar, kichik neft-kimyo mahsulotlari, suvenirlar va boshqa mahsulotlar taqdim qilindi. Asosiy e'tibor sayyohlik sohasiga ajratildi.

Mehmonlar uchun Toshkent bo‘ylab tashkil etilgan ekskursiya ularga manzur bo‘ldi.

Top