16:16 / 27.05.2015
1780

FIFA poraxo‘rlikda gumon qilinayotgan xodimlari ishi bo‘yicha politsiya bilan hamkorlik qiladi

FIFA o‘z xodimlarining poraxo‘rligi ishi bo‘yicha tafsilotlarni aniqlashda Shveytsariya hukumatiga yordam beradi. Bu haqda FIFAning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Valter de Gregorio ma'lum qilgan.

Ayni vaqtda Shveytsariyada futbol bo‘yicha 2016 va 2022 yilgi jahon chempionati mezbonlarini aniqlashda qalloblikka yo‘l qo‘yilgani bilan bog‘liq jinoiy ish ochilgan.

"Bu hibsga olishlarni biz boshlaganimiz yo‘q. Ammo bu jarayonga qarshilik qilmoqchi ham emasmiz. Hammasini vaqt ko‘rsatadi, bu jarayonda politsiya bilan hamkorlik qilishga tayyormiz", deydi de Gregorio.

Top