16:29 / 27.05.2015
4583

Iordaniya shahzodasi: Bugun butun futbol uchun qayg‘uli kun

Iordaniya shahzodasi, FIFA prezidentligiga nomzod Ali bin Ol Husayn FIFA amaldorlari korrupsiyada gumon qilinib, hibsga olingani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bugun butun futbol uchun qayg‘uli kun», - dedi Ali ibn Ol Husayn.

Eslatib o‘tamiz, iordaniyalik shahzoda FIFA vitse-prezidenti hisoblanadi. Tashkilotning yangi rahbarini aniqlash uchun saylov 29 may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Top