07:55 / 27.05.2015
1884

Karim Benzema “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin

Madridning “Real” klubida to‘p surayotgan fransiyalik futbolchi Karim Benzema “Manchester Yunayted” safiga o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Nashr bergan ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining transfer bahosi 40 mln funt sterlingni tashkil qilmoqda, biroq futbolchining transfer kelishuviga ingliz klubining darvozaboni David De Xeaning ispan klubiga o‘tishi bandi kiritilishi ham mumkin.

Futbolchi bilan “Arsenal” ham qiziqmoqda.

Benzema o‘tgan yozda “Real” bilan 5 yillik yangi shartnoma tuzgan edi.

Top