20:33 / 27.05.2015
3600

Malayziyalik tay bokschi o‘zini tajribasiz qilib ko‘rsatib, murabbiylarini do‘pposladi

Tay boks bo‘yicha xalqaro darajadagi sport ustasi, Jyermen Yyep ismli jahon chempioni mahalliy sport markazlaridan birining tay boks murabbiylari bilan hazillashishga qaror qildi. Sportchi qiz o‘zini tajribasiz qilib ko‘rsatib, tay boks bo‘yicha mashg‘ulotga keladi va murabbiylarga o‘z ustidan to‘ygunlaricha mazax qilishga imkon beradi. Biroq sparring boshlanganda hammasi boshqacha ko‘rinish oldi, deb xabar bermoqda Mirror nashri.

Chop etilgan videodagi lavhalarda Jyermen Yyep dunyodagi eng xavfli yakkakurash turlaridan biri bo‘lgan tay boks mashg‘ulotiga kelib, murabbiylardan bu kurashning asoslarini ko‘rsatishni so‘ragani aks etgan. Qiz murabbiylar uni tanib qolmasliklari uchun ko‘zoynak taqib olib, o‘zini bo‘shangina qizlarga o‘xshatib ko‘rsatgan.

Murabbiylar qizni zarbalar og‘riqli bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirib, uning yuzlari va oyoqlariga bir necha marta zarbalar berishgan. Qiz no‘noqlik bilan himoyalanishga harakat qilgan va biroz tanaffus qilishni so‘ragan. Bir oz dam olib, chempion qiz bor mahoratini ishga solib, murabbiylarni yer tishlatdi.

Top