16:24 / 27.05.2015
2789

Mashhur yozuvchi Konan Doylning vorislari keksa yoshdagi Sherlok Xolms haqidagi film mualliflari bilan sudlashmoqda

Mashhur ingliz yozuvchisi Artur Konan Doylning vorislari Gollivudning “Miramax” kinostudiyasi bilan Bill Kondonning “Janob Xolms” filmi borasida sudlashmoqda, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Bosh rolni Iyen Makkellen ijro etgan “Janob Xolms” (2015) filmi Mitch Kallinning “Janob Xolms asalarilari” kitobiga asoslangan hamda yozuvchi Artur Konan Doyl yaratgan genial izquvar Sherlok Xolms obrazining keksaygan paytlari haqida so‘ylaydi.

Doylning vorislari Konan Doylning Xolms haqida 1923-27 yillarda yozgan 10 ta asari hali ham AQShning mualliflik huquqi haqidagi qonuniga to‘g‘ri kelishini iddao qilmoqdalar. Bu qonunda asar 95 yil davomida mualliflik huquqini saqlashini nazarda tutadi. Da'vogarlarning fikricha, Kallin Doyl hikoyalaridagi ko‘pgina detallardan foydalangan, demakki, film ijodkorlari Doylning vorislariga tavon puli to‘lashlari va film namoyishidan tushadigan daromadlarning bir qismi bilan bo‘lishishlari kerak.

“Janob Xolms” filmi ilk bor Berlin kinofestivalida namoyish etildi. Film tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi.

Top