10:35 / 27.05.2015
3854

Nazarboyev: Rossiya va Ukraina qarama-qarshiliklar yechimini topishi kerak

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hozir Ukrainadagi ixtilofni hal qilishning ayni vaqti ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
“Hozir Rossiya ham, Ukraina ham oradagi qarama-qarshiliklarning yechimini topishi kerak bo‘lgan vaqt keldi. Buni Yevropa yetakchilari ham xohlamoqda. Bu ish tezroq amalga oshirilgani ma'qul”, – dedi u Rossiya-24 telekanaliga bergan intervyusida.
Shuningdek, u Ukraina inqirozini hal qilish yo‘lida qo‘lidan kelgan ishni qilishini aytib o‘tdi.

Top