17:57 / 27.05.2015
3581

Qirg‘izistonning oltin-valyuta zaxiralari 1.8 mlrd dollarni tashkil etdi

Qirg‘iziston Milliy banki raisi To‘lqunbek Abdig‘ulovning ma'lumot berishicha, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari 1.8 mlrd dollarni tashkil etdi.
“Zaxiralarimiz 1.8 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu yili 160 mln sotildi, oxirgi oy mobaynida 31 mln dollar sotib olindi”, – uning so‘zlarini keltiradi Qirg‘iziston telegraf agentligi.
Shuningdek, Abdig‘ulov Qozog‘iston tangasi devalvatsiyasini yodga olib, Qirg‘izistonda ham shunday holat kelib chiqishi imkoniyati haqida fikr yuritdi.
“Iqtisodiyotlarimizda turlicha vaziyatlar hukm surmoqda, – dedi u. – Qozog‘istonda valyuta yo‘lkasi varianti qo‘llansa, biz erkin suzuvchi valyuta kursini tanlaganmiz. Ayirbosh kursi beqaror bo‘lgan taqdirda Milliy bank intervensiya uyushtiradi”.

Top