20:50 / 27.05.2015
4184

Qozog‘istonlik erkak sobiq xotiniga o‘t qo‘yib yubordi

Ostona shahrida istiqomat qiluvchi erkak sobiq turmush o‘rtog‘ining ustidan benzin quyib, uni yoqib yubordi. Bu haqda shahar ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga tayangan holda “Novosti-Kazaxstan” agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, ayolning yuzi, bo‘yni va tanasining boshqa qismlari kuygan. U shifoxonaga yotqizilgan.
Aniqlanishicha, uning 43 yoshli eri ichki ishlar organlari hisobida turgan va bir necha marta ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Top