17:22 / 27.05.2015
2951

Uzmobile GSM tarmog‘i uchun internet-paketlariga SMS orqali buyurtma berish xizmatini ishga tushirdi

Uzmobile aloqa operatorining GSM tarmog‘i foydalanuvchilari endi internet trafiklarini sotib olishni SMS orqali ham amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar qoldirilgan.

Manbada yozilishicha, endilikda tarmoqqa ulangan foydalanuvchi internet trafik miqdori va lotin yozuvidagi i harfini qo‘shib yozgan holda 105 raqamiga jo‘natishi kifoya qiladi.

Hozirgi kunda kompaniya o‘z mijozlariga 50 mb.dan 12 gb.gacha bo‘lgan 8 xil turdagi internet-paketlarini taklif qilmoqda.

Top