09:19 / 27.05.2015
2402

Xavi: «Van Gal bir paytlar menga Zidandan kuchliroqligimni aytgan”

“Barselona”ning faxriy futbolchisi Xavi klub gollandiyalik murabbiy Lui van Galga nisbatan adolatsizlik qilganini aytdi.

2014/15 yillardagi mavsum Xavi uchun “Barselona” safidagi so‘nggi mavsum bo‘ldi. U o‘zining 17 yillik umrini klubga bag‘ishladi. Endilikdi futbolchi o‘z faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradi.

“Van Gal meni ko‘p narsaga o‘tgatdi. Bir marta u menga “Zidandan zo‘rroqsan”, deb aytgan. Men unga javoban “Rahmat janob, biroq keling oshirvormaylik” deb aytgan edim.

Men ko‘plab katta murabbiylar bilan ishlaganman, bu borada omadim chopgan. Menimcha, biz Van Galga nisbatan adolatsizlik qilganmiz, chunki u buyuk murabbiy”, deb aytdi Xavi El Pais nashriga bergan intervyusida.

Xavi jamoa safida 1998 yildan beri to‘p surib kelgan. Futbolchi klub safida 23ta unvonni qo‘lga kiritgan.

Top