19:31 / 28.05.2015
1610

“Real” Pogbaning transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgani haqidagi axborotni rad etdi

Madridning “Real” jamoasi rahbariyati OAVlarda jamoa tomonidan “Yuventus”ning yarimhimoyachisi Pol Pogbaga qiziqish bildirilayotgani haqidagi axborotni rad etdi.

“Real” “Yuventus” bilan ham, futbolchining agenti bilan ham bilan bu xususda bog‘lanmagan, shuning uchun La Stampa nashrida paydo bo‘lgan axborot hech nimaga asoslanmagan”, deb aytilmoqda qirollik jamoasi bergan bayonotda.

Avvalroq, La Stampa gazetasida “Real” Pogbaga 5 yillik shartnoma va yiliga 10 mln yevrolik maosh taklif qilgani haqida axborot paydo bo‘lgan edi.

Fransiyalik futbolchiga “Barselona” ham qiziqish bildirmoqda.

Top