19:29 / 28.05.2015
8808

“Xeshteg” so‘zi yil natijalariga ko‘ra britaniyalik bolalar orasida eng ko‘p ishlatilgan so‘z bo‘ldi

Oxford University Press nashriyoti britaniyalik bolalar orasida eng ommaviy so‘z “xeshteg” so‘zi ekanligi aniqlangan tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Radio 2 da har yili o‘tkaziladigan “500 so‘z” hikoyalar tanlovi tahlil qilinganda, mutaxassislar 13 yoshdan kichik bolalar orasida “xeshteg” so‘zi ko‘p ishlatilishini aniqladilar. Umumiy hisobda mutaxassislar tomonidan tanlovga topshirilgan 120,4 ming ish tadqiq qilindi.

Bolalar o‘z asarlarida “xeshteg” yoki uning belgisi “#” dan dramatik effektni yaratish yoki diqqatni kuchaytirish uchun foydalanishgan. Misol uchun, namuna sifatida ushbu gaplar keltirilgan: “Bu ajoyib kun, #quyoshli” yoki “Mening oilam eng yaxshi oila. # fantastik oila”.

Maqolada 2015 yilda ustuvor mavzular ijtimoiy tarmoqlar va mobil texnologiyalar bo‘lgani aytilmoqda. Bundan 20 ta eng ommaviy so‘zlar ro‘yxatida keltirilgan so‘zlar darak beradi: “selfi”, “blog”, “YouTube”. Eng kam ishlatilgan so‘zlar orasida “MP3”, “Playstation”, “iPod”, “Nintendo”, “Blackberry” va hattoki “TV” so‘zlari bo‘lgan.

Top