12:06 / 28.05.2015
5045

Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni polyak tiliga tarjima qilindi

Polshalik tarjimon Yanush Krzizovskiy Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonini polyak tiliga tarjima qildi. Bu haqda "Telegraf.uz" sayti xabar bermoqda.

Polshalik tarjimon Yanush Krzizovskiy Alisher Navoiyning g‘azal va ruboiylarini polyak tiliga o‘girib, kitob holida chop ettirgan edi. 2013 yilda «Lison ut-tayr» asarini ham tarjima qilgan va bu asar ham polshalik kitobxonlar qo‘liga yetib borgandi.

Yaqinda Krzizovskiy Alisher Navoiyning «Xamsa» asaridagi «Layli va Majnun» dostonini polyak tiliga tarjima qildi va joriy yilning may oyida kitob holida chop etildi.

Yanush Krzizovskiyning ta'riflashicha, zamona shoirlari fors tilida ijod qilayotgan bir davrda Navoiy turkiy tilda «Xamsa» yaratib, o‘z tilini, xalqini ulug‘lagan. Navoiy nafaqat buyuk iqtidor egasi, balki juda mehnatsevar ham bo‘lgan. Uning asarlari 20 tomni tashkil etadi. U Sharq shoirlari orasida tengsiz.

“Navoiy shu darajada mahoratliki, birgina «Lison ut-tayr» har qanday kitobxonni o‘ziga rom etadi. Men bu asarni polyak tiliga o‘girdim va 2013 yilning 24 dekabr kuni kitobning birinchi nusxasi qo‘limga tegdi”, dedi u.

Top