07:45 / 28.05.2015
2365

AQSh harbiy bazasida 22 nafar harbiy kuydirgi kasali ta'siriga uchragan bo‘lishi mumkin

Pentagon AQShning Janubiy Koreyadagi “Osan” aviatsion bazasiga va AQShning 9 shtatida joylashgan xususiy laboratoriyalarga xatolik tufayli kuydirgi kasali namunalarini yubordi.

Buning oqibatida bazadagi 22 harbiy bu kasalning ta'siriga uchragan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

“22 kishi mashg‘ulot paytida kuydirgi namunalari ta'siriga uchragan bo‘lishi mumkin, barcha tibbiy choralar ko‘rildi, jumladan, tekshiruvlar o‘tkazildi, antibiotiklar berildi, ba'zi hollarda emlash ishlar amalga oshirildi. Harbiylardan birortasida kasallik alomatlari kuzatilmagan. Avval nofaol va zararsiz deb hisoblangan namuna o‘quv laboratoriyasida ishlatilar edi”, deb aytilmoqda aviabaza saytida chop etilgan xabarda.

Top