18:58 / 28.05.2015
1521

Benites “Napoli”dan ketishini ma'lum qildi

“Napoli” bosh murabbiyi Rafael Benites mavsum yakunlangandan keyin klubdan ketishini ma'lum qildi.

“Klub prezidenti va muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ikki yil o‘tib mening “Napoli”dagi faoliyatim o‘z nihoyasiga yetdi.

Yakshanba kuni (31 may) bizni “Latsio”ga qarshi muhim uchrashuv kutmoqda va men o‘zimning “Napoli”dagi ikki yillik faoliyatimni g‘alaba bilan yakunlashni istardim”, deb aytdi Benites.

Avvalroq Benites o‘z faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi ma'lum qilingandi. Biroq matbuot-anjumanda jurnalistlarga Benitesning bo‘lg‘usi faoliyati haqida savollar berish taqiqlab qo‘yilgani sabab Benites bu haqda hech narsa demadi.

Top