09:11 / 28.05.2015
2783

Blatter: FIFA tashkilotga nisbatan o‘tkazilayotgan tergovni qo‘llab-quvvatlaydi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) AQSh va Shveytsariya tomonidan FIFAga nisbatan o‘tkazilayotgan tergov o‘tkazilishini qarshilaydi va bu holat futboldagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga yordam beradi, biroq tashkilotning nufuziga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, deb hisoblamoqda FIFA prezidenti Yozef Blatter.

27 mayda Tsyurixda korrupsiyada gumon qilingan FIFAning bir necha nafar amaldorlari, jumladan, FIFA ijroiya qo‘mitasi vitse-prezidentlari Jyeffri Uebb va Euxenio Figeredo hamda Eduardo Li, Xulio Roka, Kostas Takkas, Rafael Eskivel, Xose Mariya Marin hibsga olindi. Yana bir qator amaldorlarga ayblovlar e'lon qilindi. Ular orasida Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi davlatlari futbol konfederatsiyasining sobiq prezidenti, yaqin o‘tmishda FIFA vitse-prezidenti laozimini egallagan Jyek Uorner va Nikolya Leos ham bor.

“Futbol, muxlislar va FIFA uchun juda og‘ir vaqtlar bo‘lmoqda. Biz ko‘pchilik odamlarning umidlari puchga chiqqanini anglamoqdamiz va bugun bo‘lib o‘tayotgan voqealar tashkilotga nisbatan jamoatchilikning munosabatiga o‘z ta'sirini o‘tkazadi. Bu voqealar qanchalik ayanchli bo‘lmasin, biz AQSh va Shveytsariya hukumatlari tomonidan o‘tkazilayotgan tergovlarni qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb aytdi Blatter.

Top