11:43 / 28.05.2015
4753

Islom Karimov Pak Kin Xe bilan muzokaralar olib bordi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Janubiy Koreyaga safari doirasida ushbu mamlakat prezidenti Pak Kin Xe bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Yonhap nashriga asoslanib, "Gazeta.uz" xabar berdi.

Yonhap agentligining xabar qilishicha, muzokaralar chog‘ida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va bir nechta yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Ikki davlat rahbari tomonidan imzolangan qo‘shma deklaratsiyada Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari O‘zbekiston iqtisodiyotiga zamonaviy texnologiyalar va investitsiyalar olib kirishi ma'lum qilingan.

Ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari neft-gaz, neft-kimyo va avtomobilsozlik sohalaridir. Shuningdek, quyosh energiyasi va transport infrastrukturasi modernizatsiyasi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

FOTO: Islom Karimovning Janubiy Koreyaga safari

Top