11:40 / 28.05.2015
1811

Kasilyas: Peres mendan darvozabonlar haqida so‘raganda, de Xeaning nomini aytganman

Madridning “Real” futbol jamoasi darvozaboni Iker Kasilyas “Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xeaning “Real”ga o‘tishi ehtimoli borligidan xavotirlanamayotganini aytdi.

“Agar de Xea jamoamizga o‘tsa, biz bundan juda xursand bo‘lamiz. Sog‘lom raqobat – bu yaxshi narsa. Mening shartnomamda aynan men birinchi raqamli darvozabon bo‘lishim kerakligi haqida hech narsa aytilmagan.

Biz klubda ham Ispaniya terma jamoasidagi kabi asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashishimiz kerak. De Xea – ajoyib darvozabon, u bosimni ko‘tara oladi va uning “MYu”da orttirgan tajribasi jamoaga foyda beradi.

Bir marta Florentino Peres mendan agar imkonim bo‘lganda, qaysi darvozabonni jamoaga olgan bo‘lishim haqida so‘raganda, men ispaniyaliklar – Serxio Riko, Asenxo va de Xeani afzal ko‘rishimni aytgan edim. Hozirda bu darvozabonlar orasidan de Xea eng tajribalisi hisoblanadi”, deydi Kasilyas.

Top