20:07 / 28.05.2015
3082

Mishel Platini Blatter FIFA prezidenti saylovida yutsa, UYeFA FIFA bilan aloqalarni uzishi mumkinligini ma'lum qildi

UYeFA rahbari Mishel Platini Yozef Blatter o‘zining FIFA prezidenti lavozimini saqlab qolgan vaziyatda qanday choralar ko‘rilishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

“Agar Blatter FIFA prezidenti saylovida yutsa, UYeFA Berlinda uchrashib, o‘zining FIFA bilan munosabatlarini muhokama qiladi.

UYeFA FIFA bilan aloqalarni uzishi mumkinmi? Shak-shubhasiz, mumkin. Biz barcha muammolar va variantlarni o‘rganmoqdamiz. Men aloqalarni uzishni uncha ham istamayapman, biroq demokratik qaror qabul qilamiz”, deb aytmoqda Platini.

Top