13:06 / 28.05.2015
2827

Oltinko‘lda noqonuniy moyjuvoz fosh qilindi

Andijon viloyati Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Oltinko‘l tuman bo‘limi noqonuniy moyjuvoz faoliyatiga chek qo‘ydi.
Aniqlanishicha, fuqaro Ziyodbek Hamrayev o‘zi yashab kelayotgan hududdagi foydalanilmayotgan binoda Abdumannob va Akmaljon Turg‘unovlar hamda To‘lashboy Saydahmedovlar bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan holda moyjuvoz dastgohi o‘rnatgan. Ular chigitdan qo‘lbola uslubda sifatsiz iste'molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Yashirin sexdan qariyb 1 500 kg chigit, 1 tonna kunjara, 450 litr paxta yog‘i, moyjuvoz dastgohi va boshqa ashyoviy dalillar topildi.
“Huquq” gazetasining yozishicha, 2015 yilning o‘tgan davri mobaynida departament tuman bo‘limi tomonidan bunday turdagi 4 qonunbuzarlik aniqlanib, bartaraf etilgan.

Top