19:38 / 28.05.2015
4262

O‘zbekistonda 500 dan ziyod nodavlat ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 2015 yil 1 aprel holatiga ko‘ra litsenziya muddati amalda bo‘lgan 542 ta nodavlat ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ulardan 1 ta oliy ta'lim (Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti), 155 ta maktabgacha ta'lim, 34 ta umumiy o‘rta ta'lim, 54 ta maktabdan tashqari, 298 ta kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yo‘nalishida. Bu haqda Davlat test markazi ma'lumotlariga tayanib, “Sabo” gazetasi xabar bermoqda.

Nodavlat ta'lim muassasalarining aksariyati (400 ta) poytaxtda joylashgan. Keyingi o‘rinlarda borayotgan Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida bu ko‘rsatkich tegishli ravishda 30 va 21 tani tashkil etadi.
NTMlar berilayotgan litsenziyalarning amal qilish muddati - 5 yil.

Top