10:51 / 28.05.2015
3030

Samarqanddagi Rudakiy ko‘chasi ta'mirdan chiqarilmoqda

Samarqand shahrining Rudakiy ko‘chasida ta'mirlash va qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

Ko‘chadan tayyorlangan reportajda ta'kidlanishicha, ko‘chaning yomon ahvolda ekanligi bois u orqali shaharning oliy martabali mehmonlar marshruti o‘tmagan. Rudakiy ko‘chasi imom al-Buxoriy maqbarasiga eltadigan qisqa yo‘lga ulanishi e'tiborga olinsa, mehmonlarni ushbu yodgorlikka eltish uchun shaharning boshqa qismidan o‘tishga va masofani uzoqlashtirib yuborishga to‘g‘ri kelgan.

Ta'kidlanishicha, ta'mir ishlari yakuniga yetgach, ko‘cha oliy martabali mehmonlar va turistlar olib o‘tiladigan yoki joylashtiriladigan manzillardan biriga aylanadi.

Top