16:55 / 28.05.2015
3475

Toshkentda “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovining yakuniy, respublika bosqichi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati tarqatgan matbuot xabarnomasidan ma'lum bo‘ldi.

Ta'kidlanishicha, tadbir 2015 yil 28-29 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida jami 6228 nafar tadbirkorlik sub'yektlari ishtirok etgan, shundan 2538 nafarini tadbirkor, 1558 nafarini fermer va 2132 nafarini hunarmandlar tashkil qilgan. Ko‘rik-tanlovning ushbu bosqichi ko‘rgazmasi bilan 45000 dan ortiq tashrif buyuruvchilar tanishishgan.

Tanlovining respublika bosqichida ishtirokchilar soni 41 nafarni tashkil qilib, shundan 14 nafari tadbirkor, 14 nafari hunarmand hamda 13 nafari fermerlardir. Ishtirokchilarinnig 6 nafari (14%)ni ayollar tashkil qilsa, 37 nafari (86%) erkaklardir.
2015 yil 11 iyun kuni soat 18.00 da muhtasham “Turkiston” san'at saroyida o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida “Tashabbus-2015” g‘oliblari va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Top