10:01 / 28.05.2015
1876

Uilyams matbuot anjumaniga kirmagani uchun 3 ming dollar jarima to‘laydi

Amerikalik tennischi Vinus Uilyams Fransiya Ochiq chempionati (“Rolan Garros”) doirasidagi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumaniga kirmagani uchun 3000 AQSh dollari miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Tennis World sayti xabariga ko‘ra, Vinus hamyurti Sloan Stivensga qarshi birinchi davradan o‘rin olgan uchrashuvdan so‘ng kortni tark etgan va matbuot anjumanida qatnashmagan. Uilyamslarning to‘ng‘ichi 6:7(5), 1:6 hisobidagi mag‘lubiyatni xazm qila olmagani taxmin qilinmoqda. 

Top