21:28 / 29.05.2015
1573

“Zenit” bosh direktori jamoaning asosiy o‘yinchilaridan hech qaysi biri transferga qo‘yilmasligini aytdi

Sankt-Peterburgning “Zenit” futbol jamoasi bosh direktori Maksim Mitrofanov jamoaning transfer vazifalari bilan o‘rtoqlashdi.

“Futbolchilarni qidirish yoki ishga joylash bo‘yicha ishlar doimiy ravishda olib boriladi. Biroq xorijiy o‘yinchilarga limit mavzusida doimo spekulyatsiya qilinadi. Biz iyuldayoq o‘yinlarni boshlaymiz, legionerlar bo‘yicha yakuniy qarorni hali ham bilmaymiz. Bir tomondan, Rossiya futbol premer ligasi ijroiya qo‘mitasi qaror qabul qilgan, boshqa tomondan vazir bu qaror noto‘g‘ri ekanligini ta'kidlamoqda.

Bir narsani anglash kerak: muammo maydondagi o‘yinchilarning sonida emas. Balki muammo sifat, sharoitlar, imkoniyatlar, bolalar maktablari va o‘qitish metodikasidadir. Bu bilan kim shug‘ullanadi? Qolgan barcha narsalar amalga oshirilayotganda limitni muhokama qilish mumkin bo‘ladi.

Hozir bizda kuchli jamoa shakllangan. U barcha Yevropa klublari uchun qiziqdir va bu juda yaxshi. Bu biz yaxshi ishlayotganimizdan darak beradi. Aqalli, bizda mavjud bo‘lgan futbolchilar nuqtai nazaridan qaraganda. Ular bizga yoqadi. Bu majburiy tarzda aqalli asosiy o‘yinchilardan hech biri transferga qo‘yilmasligini bildiradi”, deb aytmoqda Mitrofanov.

Top