10:27 / 29.05.2015
2999

AQSh Boltiqbo‘yi davlatlarining xavfsizligi birinchi darajali masalaga aylanganini qayd etdi

AQSh davlat kotibining diplomatiya va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Richard Stengel Delfi nashriga bergan intervyusida Boltiqbo‘yi davlatlarining xavfsizligi AQSh uchun birinchi darajali muhim masalaga aylanganini bildirib o‘tdi.

"Biz NATOning Boltiqbo‘yi masalasidagi 5ta moddasiga qat'iy ravishda amal qilishimizni takrorlashdan charchamaymiz. Bu mintaqadagi Latviyaning xavfsizligi ayniqsa muhimdir", deydi Stengel.

Uning aytishicha, AQSh bu hududda biron xavf sezsa, zarur keskin choralarni qo‘llashga tayyor turadi.

Top