11:42 / 29.05.2015
5781

Blogerlar chempionati g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 28 may kuni “Poytaxt” biznes markazidagi “Oltin zal” restoranida «Blogerlar chempionati»ning yakuni bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Chempionat O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, «UzInfoCom» DUK, Championat.asia nashri, OAV vakillari hamda chempionatda faol ishtirok etgan blogerlar ishtirok etdi.

Blogerlar chempionatining yakuniy natijalari bilan tanishing:
1-o‘rin – Salomov Maqsudxon Sohibxon o‘g‘li (4 million so‘m);
2-o‘rin – Qarshiyev Aziz Rajabovich (2 million so‘m);
3-o‘rin – Azizov Nosirjon Ravshanjon o‘g‘li (1 million so‘m)

Nominatsiya g‘oliblari:
1. “Vatanparvarlik mavzusida yozilgan eng yaxshi ish” nominatsiyasi g‘olibi – Yo‘ldoshev Otabek G‘ulomovich (750 ming so‘m)

2. “O‘zbekistonda yoshlar hayotini yoritgan eng yaxshi bloger” nominatsiyasi g‘olibi – Rustamov Sanjar Saydazam o‘g‘li (Sanjar Said) (500 ming so‘m)

3. “Ijtimoiy muammolarni noodatiy tarzda yoritgan bloger” nominatsiyasi g‘olibi – Malikov Akrom Abduhamidovich (O‘zbek tilining izohli lug‘atining 5 ta tomi)

4. “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan eng yaxshi bloger” nominatsiyasi g‘olibi – Fayziyev Davron Ahmedjanovich (500 ming so‘m)

5. “IT Blog” nominatsiyasi g‘oliblari (har biriga 2 yil muddatga 500 mb. xosting):
1-o‘rin: Xudayberganov Akmal
2-o‘rin: Foziljonov Hamza
3-o‘rin: Shakirov Ravshan

6. “O‘z ishlarida o‘zbek tilining imlo qoidalariga amal qilgan eng yaxshi bloger” nominatsiyasi g‘olibi – Yusupov Iqboljon Abduqahhorovich (O‘zbek tilining izohli lug‘atining 5 ta tomi)

Tadbirdan lavhalar:

1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Maqsudxon Salomov hozirda Yaponiyada tahsil olayotganligi sababli mukofotni otasi Sohibxon aka qabul qilib oldilar

2-o‘rin sohibi KUN.UZ sayti xodimi Aziz Qarshiyev

3-o‘rin sohibi Nosirxon Azizov

Taniqli sport sharhlovichis Davron Fayziyev championat.asia nashri rahbari Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev qo‘lidan mukofot qabul qilmoqda

Hakamlar Azamat Abdullayev hamda Visola Qarshiboyevalar nominatsiya g‘olibi Sanjar Saidni taqdirlashmoqda

Hakamlar Nozima Murotova hamda Abror Ismoilov

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Ibrohim Halimbekov 3-o‘rin sohibi Nosirxon Azizovni taqdirlamoqda

Taniqli blogerlar Baxtiyor Nasimov hamda Yevgeniy Sklyarevskiy

Tadbirga tashrif buyurgan bloger va boshqa mehmonlar

Manba: xushnudbek.uz

Top