10:43 / 29.05.2015
1993

Di Mariya "Bavariya"ga o‘tishi mumkin

"Manchester Yunayted"ning argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaga Germaniya grandi «Bavariya» qiziqish bildirmoqda.

Kicker ma'lumotlariga ko‘ra, myunxenliklar sport direktori Mixael Reshke 27 yoshli futbolchi masalasida «Manchester Yunayted» vakillariga qo‘ng‘iroq qilgan.

Agar «MYu» Di Mariyani qo‘yib yuborishga rozi bo‘lsa, «Bavariya» uni sotib olishdan manfaatdorligi aytilgan.

Ma'lumot uchun, Di Mariya Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 27 uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 12ta samarali to‘p uzatishni amalga oshirdi.

Top