09:15 / 29.05.2015
2048

"Dnepr"ning 4 futbolchisi Yevropa Ligasining ramziy terma jamoasiga kiritildi

UYeFA texnik kuzatuvi asnosida Yevropa Ligasining ramziy terma jamoasi e'lon qilindi.

Terma jamoaning asosini musobaqa finalchilari – “Dnepr” va “Sevilya” klubi futbolchilari tashkil etishdi. Tarkibdan 18 nafar futbolchi joy olgan. Ulardan 4 nafari “Dnepr” futbolchilari bo‘ldi.

Darvozabonlar: Denis Boyko (“Dnepr”), Serxio Riko (“Sevilya”)

Himoyachilar: Duglas (“Dnepr”), Fauzi Gulyam (“Napoli”), Timote Kolodzeychak (“Sevilya”), Raul Albiol (“Napoli”), Aleyks Vidal (“Sevilya”)

Yarim himoyachilar: Borxa Valero (“Fiorentina”), Kevin De Bryune (“Volfsburg”), Ever Banega (“Sevilya”), Marek Gamshik (“Napoli”), Gjyegoj Krixovyak (“Sevilya”), Ruslan Rotan (“Dnepr”), Stefan Mbia (“Sevilya”)

Hujumchilar: Alan (“Zaltsburg”), Karlos Bakka (“Sevilya”), Gonsalo Iguain (“Napoli”), Yevgeniy Konoplyanka (“Dnepr”)  


Top