18:09 / 29.05.2015
3901

Dunyoning ikkinchi eng boy odami o‘zining Manxettendagi uyini 80 mln dollarga sotmoqchi

Yaqinda Forbes jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning boy insonlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagan meksikalik oligarx Karlos Slim o‘zining Manxettendagi uyini 80 mln dollarga sotmoqchi, deb xabar bermoqda Variety.

Uyning umumiy maydoni 1850 kv.metrdan kattaroq bo‘lib, unda 25ta xona mavjud. Ularning 10tasi yotoqxona hamda 11tasi mehmonxona. Biznesmen bu uyni 36 mln dollarga sotib olgan.

Ma'lumot uchun, Karlos Slimning boyligi 77,1 mlrd dollarga baholanadi. Avvalroq, u bir necha yil Forbes reytingini boshqargan. 

Top