19:44 / 29.05.2015
3511

FIFA ijroiya qo‘mitasi a'zosi Germaniya 2006 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqini noqonuniy yo‘l bilan olganini ma'lum qildi

Kongo futbol uyushmasi prezidenti va FIFA ijroiya qo‘mitasi a'zosi Konstant Omari Germaniya 2006 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini olish uchun kurashda noqonuniy yo‘l bilan Okeaniyaning ovozini sotib olganini ma'lum qildi.

“Germaniya o‘zida 2006 yilgi Jahon chempionatini qabul qilish uchun noqonuniy yo‘l bilan Okeaniyaning ovozini sotib olgan. Biroq bu haqda gapirishga odatlanilmagan. Gap Germaniyaga kelganda, hech kim hech narsa aytgisi kelmay qoladi”, deb aytdi Omari RTL telekanali efirida.

Top